Savdo · $9/oy
Qayta sotuv
Bitim yutilgandan N kun keyin mas'ulga vazifa qo'yiladi, shu mijozga yangi bitim ochiladi, SMS va Telegram xabari ketadi. Takrorlash mumkin, masalan har 30 kunda.
14 kun bepul sinash →Qanday sozlanadi
- 1«Sozlash» → «+ Qoida»: nomi va bitim yutib yopiladigan voronkalar (bo'sh — hammasi). Bosqich ham tanlash mumkin: bitim shu bosqichga o'tganda ham ishlaydi.
- 2«Necha kundan keyin» (1–730) va «Soat nechada» — Toshkent vaqti. Takror: «har N kunda» va «necha marta», masalan har 30 kunda 3 marta.
- 3Amallar, istalgan birikmada: mas'ulga vazifa (matnda {lead.name}, {contact.name}, {lead.price|money}, {lead.cf.ID} maydonlari, turi va muddati); tanlangan voronka va bosqichda o'sha kontakt va kompaniya bilan yangi bitim — nomi shablon bo'yicha, tanlangan maydonlar, «povtor» tegi, mas'ul o'sha yoki «Lidlarni taqsimlash» navbati bilan; «SMS» moduli shabloni bo'yicha SMS; Telegram xabari.
- 4«To'xtatish, agar…»: mijozda maqsad voronkasida ochiq bitim bor yoki shu bitimdan keyin yangi yutilgan bitim bo'lgan — shu mijoz bo'yicha qoida davom etmaydi.
- 5«Saqlash» ni bosing. Qoida faqat u yaratilgandan keyin yopilgan bitimlarga ishlaydi. O'tganlarini qamrash uchun «O'tganlarga qo'llash (N)» ni bosing va tasdiqlang — 500 tagacha bitim.
- 6Bitim kartochkasida, MS panelida rejalashtirilgan amallar sanasi bilan ko'rinadi; istalganini «Bekor qilish» mumkin.

Misol
Mijoz konditsioner oldi → 180 kundan keyin «Servis taklif qiling» vazifasi va «{contact.first_name}, konditsionerni tozalash vaqti keldi» SMS, har 180 kunda 2 marta takror.
Mijoz konditsioner oldi → 180 kundan keyin «Servis taklif qiling» vazifasi va «{contact.first_name}, konditsionerni tozalash vaqti keldi» SMS, har 180 kunda 2 marta takror.
Bilish muhim
- Tekshiruv — har 2 daqiqada; har amal bir marta bajariladi, server qayta ishga tushsa ham.
- SMS faqat «SMS» moduli faol bo'lsa ketadi — uning jo'natuvchisi va yuborish oynasi orqali, bitimga izoh bilan.
- Sozlamalar pastida — oxirgi 20 ta ishga tushish: bitim, qoida, amal va natija.
- «O'tganlar» — qoida yaratilgunga qadar yutilgan bitimlar: amal sanasi hali kelmagan yoki 30 kundan kam oldin o'tgan (bunday bitimlarga amal darhol bajariladi).